Xizmat butun O'zbekiston bo'ylab ishlamoqda.

Akkauntni o'chirish

Akkauntingizni istalgan vaqtda ilovaning o'zidan o'chirishingiz mumkin — buning uchun bizga murojaat qilish shart emas. Quyida tartib va o'chirilgandan keyin ma'lumotlarga nima bo'lishi ko'rsatilgan.

Ilovada: to’rt qadam

  1. Bosh ekran, yuqori chap burchakdagi menyu tugmasi belgilangan1

    Menyuni oching

    Bosh ekranning yuqori chap burchagidagi menyu tugmasini bosing.

  2. Profil ekrani, «Sozlamalar» tugmasi belgilangan2

    Sozlamalarga o’ting

    Profil ekranidagi «Sozlamalar» tugmasini tanlang.

  3. Sozlamalar ro'yxati, «Akkauntni o'chirish» bandi belgilangan3

    «Akkauntni o'chirish»

    Sozlamalar ro'yxatidagi oxirgi bandni bosing.

  4. Tasdiqlash oynasi, «Akkauntni o'chirish» tugmasi belgilangan4

    Tasdiqlang

    Ochilgan oynada qizil «Akkauntni o'chirish» tugmasini bosing. Akkaunt shu zahoti yopiladi va ilovadan chiqasiz.

O'chirishdan oldin bilib qo'ying

Yakunlanmagan buyurtma bo’lmasin

Faol buyurtma yoki safar bo'lsa, o'chirish to'xtatiladi. Avval ularni yakunlang yoki bekor qiling.

Hisob-kitob yopilgan bo’lsin

Haydovchi akkaunti bo'lsa, hamyondagi mablag'ni yechib oling va to'lanmagan komissiya qarzini yoping.

60 kun ichida tiklash mumkin

O'chirgandan keyin 60 kun ichida o'sha telefon raqami bilan kirsangiz, ilova akkauntni tiklashni taklif qiladi. Muddat o'tgach ma'lumotlar butunlay yo'q qilinadi va tiklab bo'lmaydi.

Qaysi ma'lumot o'chadi

60 kundan keyin o'chiriladi

  • Ism, familiya va otasining ismi
  • Telefon raqami va e-pochta
  • Tug'ilgan sana va jinsi
  • Pasport ma'lumotlari va PINFL
  • Profil rasmi
  • Shahar, manzil va saqlangan manzillar
  • Qurilmalaringiz va bildirishnoma obunalari (darhol o'chiriladi)

Saqlanib qoladi

  • Buyurtma, safar va to'lov yozuvlari — moliyaviy hisobot va qonun talabi uchun. Profil ma'lumotlari o'chirilgandan keyin bu yozuvlar shaxsingizga bog'lanmaydi.
  • Boshqa foydalanuvchi qoldirgan baho va sharhlar — mualliflik ularniki.
  • Nizo, shikoyat va qonuniy so'rovlar bo'yicha materiallar — ish yakunlangunicha.

Ilovaga kira olmayapsizmi?

Telefon raqamini yo'qotgan yoki ilovaga kira olmasangiz, qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — akkaunt egasi ekanligingizni tekshirib, o'chirish so'rovini biz bajaramiz.

So'rovda ro'yxatdan o'tgan telefon raqamini ko'rsating. So'rov 3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.