Xizmat butun O'zbekiston bo'ylab ishlamoqda.

Trasso nima va u kimga kerak?

Trasso — yuk jo'natish, yo'lovchi tashish va marshrut boshqaruvini bitta tizimga jamlagan platforma.

Yuk jo'natuvchi uchun: buyurtma yaratasiz, narx avtomatik hisoblanadi va yukingiz yo'lda qayerdaligini jonli xaritada kuzatasiz.

Haydovchi uchun: o'z marshrutingizni e'lon qilasiz, yo'l ustidagi yuk va yo'lovchilarni ko'rasiz, bo'sh joyni daromadga aylantirasiz.

Yo'lovchi uchun: yo'nalish bo'yicha haydovchi topasiz, o'rindiq turini tanlaysiz va safarni kuzatib borasiz.